Foydalanish shartlari

Kirish (tanishuv)

www.mtr.mastercardservices.com.

Sayt ma’lumotlaridan foydalanish huquqi

Biz sizga Mastercard saytidan shaxsiy foydalanishingiz uchun quyida belgilanganidek istalgan Kontentni ko‘rish, ulashish, chop etish yoki yuklab olish imkonini beruvchi cheklangan, nomutlaq, qaytarib olinadigan litsenziyani taqdim etamiz. Sizga litsenziyalab olish, qayta nashr etish, tarqatish, nusxa olish, boshqaga o‘tkazish, sublitsenziyalash, berish, sotish, hosila materiallari yaratish yoki Mastercard saytidagi har qanday Kontentdan shaxsiy bo‘lmagan maqsadlarda foydalanish huquqi berilmaydi. Kontentning hech bir qismi, shaxsiy foydalanishingizdan tashqari, hech bir shaklda ijro etilishi yoki biror bir axborot izlash tizimiga qo‘shilishi mumkin emas. Siz Mastercard saytini yoki Mastercard  Sayti asosida yotgan har qanday server yoki tarmoqni shikastlashi yoki unga zarar keltirishi yoki yana kimdir Saytdan foydalanishiga to‘sqinlik qilishga mo‘ljallangan shaklda Mastercard Saytiga kirish yoki undan foydalanish huquqiga ega emassiz. Shuningdek, havola Mastercard kompaniyasini, uning mahsulotlari yoki xizmatlarini yolg‘on, adashtiruvchi, tahqirlovchi yoki boshqa masxaromuz ko‘rinishda tasvirlamasligi va Mastercard  sizning saytingiz, sahifangiz yoki kontentingizga homiylik qilishi yoki qo‘llab-quvvatlashini ko‘zda tutmasligi sharti bilan, sizga Saytga yoki undagi istalgan kontentga giperhavola yaratish uchun cheklangan, chaqirib olinadigan va nomutlaq huquq taqdim etiladi. Siz Saytga kirish uchun avtomatlashtirilgan tizimlar (masalan, robotlar, “o‘rgimchaklar” va sh.k.)dan foydalanish huquqiga ega emassiz. Siz Saytning boshqa foydalanuvchilarining shaxsiy ma’lumotlarini to‘plamaslikka, shuningdek bu ma’lumotlarni sotmaslik yoki boshqa shaklda ulardan foydalanmaslikka rozi bo‘lasiz. Ushbu hujjatda ko‘rsatilgan cheklangan huquqlardan tashqari, Mastercard Sayti va uning ichidagi barcha ma’lumotlarga nisbatan barcha huquqlar, mulk huquqi va manfaatlar  himoyalangan va Mastercardga tegishlidir. MASTERCARD HAR QANDAY SHAXSNING USHBU SAYTGA KIRISHINI OLDINDAN OGOHLANTIRMAY, O‘Z IXTIYORIGA KO‘RA, ISTALGAN SABABGA KO‘RA, JUMLADAN USHBU FOYDALANISH SHARTLARINING ISTALGANI, JUMLADAN FOYDALANISHGA BO‘LGAN HAR QANDAY HUQUQNING BUZILISHI SABABLI RAD ETISH HUQUQIGA EGA

Mastercard saytidagi va Foydalanish shartlaridagi o‘zgarishlar

Mastercard ushbu Saytda yoki u bilan bog‘liq ravishda yuzaga keladigan Kontent, materiallar yoki axborotni, jumladan ushbu Foydalanish shartlarini istalgan paytda, oldindan xabar bermagan holda o‘zgartirish huquqiga ega. Mastercard ushbu materialni yangilab, istalgan paytda ushbu Foydalanish shartlarini qayta ko‘rib chiqishi mumkin. Siz ushbu o‘zgarishlarga rioya etishingiz lozim va shu sababli, joriy Foydalanish shartlarini ko‘rish uchun vaqti-vaqti bilan  bu sahifalarga kirib turishingiz lozim.

Intellektual mulk huquqi

Mastercard saytidagi ma’lumotlar intellektual mulk to‘g‘risidagi amaldagi qonunlar bilan himoyalangan va barchasi Mastercardga tegishli yoki Mastercard tomonidan litsenziya yoxud ruxsat asosida foydalaniladi. Matnning hammasi, formatlash (jumladan, boshqalar qatorida, Mastercard Saytida materiallarning joylashuvi ham, shuningdek ushbu Saytdagi tasvirlar, grafika, animatsiya, vijetlar, ilovalar, reklama roliklari, video, musiqa, tovushlar, maqolalar, ijodiy materiallar, fotosuratlar, tovar belgilari, firma belgilari, savdo nomlari va logotiplari, shuningdek boshqa materiallar va ma’lumotlar Mastercard, uning sho‘ba korxonalari va filiallari, shuningdek ularning tegishli litsenziarlar va litsenziatlari intellektual mulk huquqining obyekti sanaladi (birgalikda “Kontent” deb ataladi). Ushbu saytdagi funksiyalar AQSH 6,091,956 patentiga muvofiq himoyalangan yoki litsenziyalangan bo‘lishi mumkin. Bu materiallardan nusxa ko‘chirish, qayta tiklash, dekompilyatsiyalash, dizassemblatsiyalash, modifikatsiyalash, boshqa veb-saytlarga takroran joylashtirish, doiralarda yaratish, giperhavolalar yaratish, boshqa tarzda o‘zgartirish yoki tarqatish mumkin emas. Mastercard Saytidagi hech narcha Mastercardning har qanday tovar belgisi, intellektual mulk huquqi yoki mualliflik huquqi bilan himoyalangan materiallardan Mastercardning oldindan yozma ruxsatisiz tijorat yo‘lida foydalanish uchun biror-bir litsenziya yoki huquqning bilvosita taqdim etilishi yoki e’tiroz bildirish huquqidan mahrumlik sifatida talqin qilinishi mumkin emas. Mastercard Saytida taqdim etilgan, ro‘yxatga olingan va ro‘yxatga olinmagan tovar belgilari, logotiplar, savdo nomlari va xizmat ko‘rsatish belgilari (birgalikda “Tovar belgilari” deb ataladi) Mastercard va uning alyans bo‘yicha chet hamkorlarining tovar belgilari sanaladi. Mastercard Saytidagi hech narsa Mastercard yoki Tovar belgisiga egalik qilishi mumkin bo‘lgan uchinchi tomonning yozma ruxsatisiz, Mastercard Saytida taqdim etilgan har qanday Tovar belgisiga bo‘lgan litsenziya yoki huquqni bilvosita yoki boshqa shaklda taqdim etilishi deb talqin qilinishi mumkin emas. Mastercardning AQSHdagi savdo belgilari. Ushbu materiallardan har qanday ruxsat berilmagan tijoriy foydalanish Mastercard intellektual mulk huquqini buzadi va unga nisbatan Mastercardning barcha qonuniy huquqlari va huquqiy himoya vositalari tatbiq etiladi.

Sotuvchilar va savdo takliflari

Sotuvchilar tegishli Mastercard kartalari sohiblariga, tovarlar va xizmatlar xarid qilishda (“Takliflar”) muayyan chegirmalar yoki boshqa afzalliklar (masalan, bepul yetkazib berish)ni taqdim etishlari mumkin va ular Mastercard Saytida keltiriladi. Bunday Takliflar muayyan shartlar bilan tartibga solinadi va istalgan paytda, oldindan xabar berilmay o‘zgartirilishi mumkin. Mastercard siz va sotuvchi o‘rtasida ushbu Takliflar borasidagi har qanday o‘zaro aloqalar natijasida yuzaga keladigan har qanday zarar yoki ziyonlar uchun javobgarlikni zimmasiga olmaydi. Ushbu hujjatda ko‘rsatilgan holatlardan tashqari, barcha masalalar, jumladan, boshqalar qatori, tovarlar va xizmatlarni yetkazib berish, qaytarish va kafolatlar masalalari mutlaqo siz va tegishli sotuvchilar o‘rtasida hal qilinadi. Siz Mastercard kompaniyasi Mastercard sayti orqali taqdim etilgan sotuvchilar borasida ham, ular taqdim etadigan takliflar borasida ham kafolatlar bermasligini va ularni qo‘llab-quvvatlamasligini tan olasiz.

Sotuvchilar va savdo takliflari

Продавцы могут предоставлять соответствующим владельцам карт Mastercard определенные скидки или другие преимущества (например, бесплатную доставку) при покупке товаров и услуг («Предложения»), которые будут доступны на Сайте Mastercard. Такие Предложения регулируются определенными условиями и могут быть изменены в любое время без предварительного уведомления. Mastercard не несет ответственности за любые убытки или ущерб, возникшие в результате любого взаимодействия между вами и продавцом в отношении таких Предложений. За исключением случаев, указанных в настоящем документе, все вопросы, включая, помимо прочего, доставку товаров и услуг, возврат и гарантии, решаются исключительно между вами и соответствующими продавцами. Вы признаете, что Mastercard не поддерживает и не дает гарантий в отношении продавцов, доступным через Сайт Mastercard, ни Предложениям, которые они предоставляют.

Uchinchi shaxslar kontenti va boshqa veb-saytlarga havolalar

Mastercard sayti ushbu Saytdan mutlaqo mustaqil bo‘lgan uchinchi shaxslar kontenti va boshqa veb-saytlarga havolalarga ega bo‘lishi mumkin. Chet kontent va havolalar faqat foydalanuvchilarga qulay bo‘lishi uchun qo‘shilgan va Mastercard tomonidan biror-bir ma’qullash yoki kafolatni namoyon etmaydi. Qolaversa, Mastercard uchinchi shaxslar axborotining, shuningdek har qanday bog‘liq veb-sayt orqali sotiladigan mahsulotlari yoki xizmatlarining aniqligi, to‘liqligi yoki ishonchli ekani yuzasidan javobgarlikni zimmasiga olmaydi va siz yakka boshchilik asosida uchinchi shaxslar axborotlaridan foydalanish uchun javobgarlikka ega bo‘lasiz. Siz va shunday uchinchi tomon o‘rtasida tuzilgan har qanday kelishuv, tranzaksiyalar yoki boshqa bitimlar mutlaqo sizning o‘z xataringiz va tavakkalchiligingiz asosida tuziladi. Tashqi havolani bosganingizda siz Mastercard saytini tark etasiz. O‘tilgan saytda siz yuboradigan har qanday shaxsiy ma’lumot Mastercard tomonidan to‘planmaydi va nazorat qilinmaydi, balki o‘sha saytdan foydalanish shartlari yoki maxfiylik to‘g‘risidagi xabarnomasi bilan tartibga solinadi. Iltimos, o‘tilgan saytning maxfiylik siyosati to‘g‘risida qo‘shimcha axborot olish uchun uning maxfiylik siyosati va foydalanish shartlari bilan tanishing.

Maxfiylik siyosati

Mastercard veb-saytlarimizga tashrif buyurib, ularda taklif etilayotgan dasturlar va axborotdan foydalanishga qaror qilganlarning maxfiyligini hurmat qilish nechog‘li muhimligini anglaydi. Mastercard Maxfiylik to‘g‘risidagi global bildirishnoma (havola quyiroqda) Mastercard saytiga kirgandan nimalarni kutishingiz mumkinligi haqidagi sharhni o‘z ichiga oladi. Muayyan mamlakat yoki dasturga mo‘ljallangan sahifalarimizga turlicha siyosatlar yoki muayyan dasturga xos siyosatlar qo‘llanilishi mumkin. Iltimos, siyosatimizning talqini bilan tanishish uchun har qanday sahifaning tagidagi havola orqali o‘ting. Bizning Maxfiylik to‘g‘risidagi global bildirishnomamizni ko‘rish uchun mana bu yerni bosing.

Zarar qoplanishi

Siz Mastercard va uning amaliy hamkorlari, xodimlari va affillangan shaxslariga, o‘zingiz tomonidan ushbu Foydalanish shartlari buzilishi bilan yoki saytdan foydalanish bilan bog‘liq har qanday javobgarlik, zararlar, da’volar va xarajatlar, jumladan aql doirasidagi qalam haqi va advokatlarga xarajatlarni qoplash va ulardan ehtiyot qilishga rozi bo‘lasiz.

Kafolatni rad etish

Mastercard  kompaniyasi Mastercard saytidagi barcha materiallarning to‘g‘riligini ta’minlash uchun aql doirasidagi sa’y-harakatlarni qilsa ham, aniqlik kafolatlana olmaydi va Mastercard ushbu Saytda mavjud hech qanday axborotning aniqligi, to‘liqligi yoki asl ekanligi yuzasidan javobgarlikni zimmasiga olmaydi.

MASTERCARD SAYTI VA unda MAVJUD BARCHA MA’LUMOTLAR SIZGA “BORICHA” VA “MUMKINLIGICHA” TAQDIM ETILADI, ANIQ VA KO‘ZDA TUTILADIGAN BARCHA KAFOLATLAR, JUMLADAN TOVAR QIMMATLIGINING, HUQUQLAR/HUQUQ BUZILMASLIGI, AXBOROT SIFATI YOKI MUAYYAN MAQSAD UCHUN YAROQLI BO‘LISHI YUZASIDAN HAR QANDAY KAFOLATLAR ESA, BU BILAN RAD ETILADI. SIZ TOMONINGIZDAN SAYT ORQALI MASTERCARDDAN OLINGAN HECH QANDAY AXBOROT USHBU JOYDA YAQQOL KO‘RSATILMAGAN HECH QANDAY KAFOLATNI TAQDIM ETMAYDI. CHEKLOVLARSIZ, MASTERCARD KOMPANIYASI MASTERCARD SAYTINING OCHIQLIGI BO‘YICHA, MASTERCARD SAYTI XATOSIZ ISHLASHI, NUQSONLAR TO‘G‘RILANISHI YOKI MASTERCARD SAYTI VIRUSLAR YOKI BOSHQA ZARARLI KOMPONENTLARGA EGA EMASLIGI BO‘YICHA BARCHA KAFOLATLARNI RAD ETADI. SIZ USHBU SAYTNI O‘Z XATARINGIZ ASOSIDA FOYDALANASIZ VA USHBU SAYTDA MAVJUD, U ORQALI YUKLAB OLINGAN YOKI BOSHQA USULDA OLINGAN HAR QANDAY MA’LUMOT O‘Z XATARINGIZ ASOSIDA TAQDIM ETILADI VA SIZ O‘Z KOMPYUTER TIZIMINGIZGA HAR QANDAY ZARAR YETISHI YOKI SIZ SAYTDAN FOYDALANGANINGIZ NATIJASIDA YUZAGA KELISHI MUMKIN BO‘LGAN HAR QANDAY MA’LUMOTLAR YO‘QOTILISHI, JUMLADAN KOMPYUTER VIRUSLARI NATIJASIDA YETGAN SHIKASTLAR BO‘YICHA O‘ZINGIZ MUTLAQ JAVOBGARLIKNI ZIMMANGIZGA OLASIZ. AYRIM YURISDIKSIYALAR KO‘ZDA TUTILGAN KAFOLATLARNI ISTISNO ETISHGA RUXSAT BERMAYDI, SHU SABABLI, ILTIMOS, YUQORIDA KELTIRILGAN ISTISNOLARNING AYRIMLARI SIZGA NISBATAN QO‘LLAB BO‘LMASLIGIGA E’TIBOR BERING.

Zarar yuzasidan javobgarlikni rad etish va javobgarlikni cheklash

HECH QANDAY HOLATDA MASTERCARD YOKI UNING FILIALLARI HECH QANDAY BEVOSITA, BILVOSITA, MAXSUS, JARIMAVIY, NAMUNAVIY, BILVOSITA YOKI BOSHQA ZARARLAR, JUMLADAN (LEKIN BU BILAN KIFOYALANIB QOLMAY) MULKIY ZARAR, FOYDALANISHNI YO‘QOTISH, BIZNESNI YO‘QOTISH, IQTISODIY YO‘QOTISHLAR, MA’LUMOTLARNI YO‘QOTISH YOKI FOYDANI YO‘QOTISH UCHUN, TA’SIR SHAKLIDAN QAT’I NAZAR (JUMLADAN, LEKIN CHEGARALANMAY – SHARTNOMA, BEE’TIBORLIK YOKI BOSHQA ZARARLI HARAKATLAR), SIZNING MASTERCARD SAYTI Yo UNING ICHIDAGI MA’LUMOTLARDAN FOYDALANISHINGIZ YOKI UNGA KIRISHINGIZ NATIJASIDA YUZAGA KELUVCHI (HATTO MASTERCARD YOKI UNING AMALIY HAMKORLARI, XODIMLARI, VAKILLARI YOKI FILIALLARI BUNDAY ZARAR YOKI YO‘QOTISH MUMKINLIGI HAQIDA OGOHLANTIRILGAN BO‘LSA HAM) BOSHQA ZARARLAR UCHUN JAVOBGARLIKNI ZIMMASIGA OLMAYDI. HECH QANDAY HOLATDA MASTERCARDNING SIZNING OLDINGIZDAGI BARCHA ZARARLAR, ZARARLAR VA DA’VOLAR SABABLARI, SHARTNOMA BO‘YICHA, HUQUQBUZARLIK BO‘YICHA (JUMLADAN, LEKIN U BILAN CHEGARALANMAY – BEE’TIBORLIK) UCHUN UMUMIY JAVOBGARLIGI SIZ TO‘LAGAN SUMMA YOKI MASTERCARDNING ISTALGAN SAYTI BILAN BOG‘LIQ ISTALGAN FAOLIYAT YOKI KIRISH UCHUN YUZ DOLLAR (100 AQSH dollari)DAN (Qaysi biri KAMROQ ekanligiga qarab)  OSHMAYDI. QO‘LLANILUVCHI QONUNCHILIK TASODIFIY YOKI BILVOSITA ZARAR UCHUN JAVOBGARLIKNI CHEKLASHGA YOKI BEKOR QILISHGA RUXSAT BERMASLIGI MUMKIN, SHU SABABLI YUQORIDA KO‘RSATILGAN CHEKLOV YOKI MUSTASNO QILISH SIZGA NISBATAN QO‘LLANILMASLIGI HAM MUMKIN

Foydalanish shartlarining Mastercard kartasi sohibining kelishuviga qo‘llanilmasligi

Mastercard to‘lov xizmatlarining yetakchi tashkiloti sanaladi. Mastercard moliyaviy muassasa sanalmaydi va hech qanday turdagi kredit, debet, chek yoki to‘lov kartalarini taqdim etmaydi. Sizning Mastercard to‘lov kartasi bilan munosabatingiz bevosita Mastercard bilan emas, bank-emitent yoki moliyaviy muassasalar bilan bog‘liqdir. Sizning Mastercard xos to‘lov katangiz yoki karta sohibining hisobraqami bilan bog‘liq barcha masalalar yoki muammolar Mastercardga emas, balki kartangizni bergan bangga yoki moliyaviy muassasaga yo‘naltirilishi lozim. Mastercard Sizning bank-emitentingiz yoki moliyaviy muassasangiz bilan munosabatlarga ega bo‘lsa ham, bu munosabatlar kartalarning yoki to‘lov kartalari hisobraqamlarining individual sohiblariga aloqador emas. Mastercard sayti Mastercard va uning filiallari tomonidan boshqariladi.

Boshqa qoidalar

Ushbu foydalanish shartlari, biror-bir kollizion huquq tamoyillarisiz, faqat Amerika Qo‘shma Shtatlari, Nyu-York shtati qonunchiligiga muvofiq  talqin qilinadi, interpretatsiya qilinadi va bajariladi. Ushbu Foydalanish shartlari yoki Sayt bilan bog‘liq bo‘lgan, ulardan bevosita yoki bilvosita kelib chiqadigan har qanday qonun yoki adolat yuzasidan qilingan xatti-harakat faqat Nyu-Yorkda joylashgan federal sudlar yoki shtat sudiga taqdim etilishi lozimligiga rozilik bildiriladi. Ushbu bilan siz Mastercard sayti, sizning uni ocha olishingiz yoki undan foydalanishingiz yoki ushbu Foydalanish shartlari bilan bog‘liq istalgan amal maqsadlari uchun, shuningdek jarayonga eksterritorial xizmat ko‘rsatilishi uchun siz bunday sudlarning shaxsiy yurisdiksiyasiga rozi bo‘lasiz va bo‘ysunasiz. Mastercard saytidagi kontent va dasturiy ta’minot AQSH eksport yurisdiksiyasi va boshqa mamlakatlar import yurisdiksiyasi ta’sir doirasiga tushishi mumkin. Siz tomoningizdan Saytdan foydalanishda siz barcha amaldagi yurisdiksiyalardagi eksport, reeksport va import nazorati sohasida qo‘llaniladigan barcha qonunlar va qoidalarga, jumladan, boshqalar qatori, AQSH Savdo vazirligining nizomi, Eksporta nazorati qoidalari (CFR 730-774 15-qismi), xalqaro qurol savdosi qoidalari, muayyan mamlakatlar uchun iqtisodiy sanksiyalar dasturi (Xorijiy aktivlar nazorati boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi), shuningdek istalgan boshqa mamlakatlarning eksport va import nazoratiga oid qonunlari va qoidalariga rioya etish uchun yakka boshchilikdagi javobgarlikka egasiz. Siz bevosita yoki bilvosita bu Saytdan, bevosita mahsulot orqalimi, yoki dasturiy ta’minot yordamida yoxud ushbu Saytdagi kontent yoki dasturiy ta’minot kiritilgan boshqa texnik axborot bo‘ladimi – kontent yoki dasturiy ta’minotni bevosita yoki bilvosita foydalana, tarqata, uzata yoki boshqaga bera olmaysiz, barcha tegishli yurisdiksiyalarning eksport va importga oid amaldagi qonunlari va qoidalariga rioya etilganda bundan mustasno. Bu Foydalanish shartlari siz tomoningizdan belgilana olmaydi. Mastercard istalgan paytda ushbu Foydalanish shartlarida bayon etilgan huquqlar va majburiyatlarni boshqaga topshirishi mumkin. Agar ushbu Foydalanish shartlarining birorq qismi yoki qoidasi noqonuniy, amal qilmaydigan yoki qonuniy kuchga ega emas deb topilsa, bunda ushbu qism ushba Foydalanish shartlaridan ajralgan sanaladi va qolgan qoidalarning amal qilishi va bajarilishiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Ushbu hujjatlarda ko‘zda tutilgan holatlardan tashqari, ushbu Foydalanish shartlari siz va Mastercard o‘rtasidagi uning mazusiga oid to‘liq kelishuv sanaladi. Ushbu Foydalanish shartlarining ayrim qoidalari siz Saytda foydalanish imkoniga ega bo‘lishingiz mumkin bo‘lgan muayyan sahifalarda, ilovalarda, vositalarda yoki boshqa materiallarda joylashgan maxsus yuridik bildirishnomalar yoki shartlar bilan almashtirilishi yoki boyitilishi mumkin. Mastercardning ushbu Foydalanish shartlarining yoki istalgan qo‘shimcha shartlarning istalgan qoidasiga rioya etishni ta’minlashga qobil bo‘lmasligi bu qoidalardan yoki bu qoidalarga rioya etilishini ta’minlashga bo‘lgan o‘z huquqidan voz kechishni anglatmaydi. Ushbu Foydalanish qoidalari va ular bilan bog‘liq har anday hujjatlar elektron ko‘rinishda qabul qilinishi mumkin.

Customer Service and Contact Information

Mastercard International Incorporated Bosh konsuli 2000 Purchase Street Purchase, NY 10577 USA Telefon: 1-800-MASTERCARD (1-800-627-8372)